Kanadaning Manitoba provinsiyasida Beechcraft Musketeer bir motorli samolyoti halokatga uchrashi oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa havo kemasi Sent-Endryus shahri aeroportidan parvoz etganidan keyinoq, provinsiya markazi Vinnipeg shahridan 15 kilometr shimolda ro‘y berdi.
Samolyot bortida bir kishi — 29 yoshli erkak bo‘lgan. Uning tajribali uchuvchi bo‘lgani va tegishli litsenziyasi mavjudligi, biroq samolyot unga tegishli bo‘lmagani bildirilmoqda.
Halokat joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlamoqda, avariya sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)