IShID terrorchilari Suriyaning Dayr az-Zavr shahrida turgan hukumat garnizonini qaytadan qamalga olishga urindi. Bu haqda, mahalliy manbalarga tayangan holda, “Interfaks” xabar bermoqda.
Jumladan, 6-sentabrga o‘tar kechasi jangarilar harbiylar tomonidan shaharga ochilgan koridorga bir necha hujum uyushtirdi. To‘qnashuvlardan so‘ng jangarilar koridorni yo‘q qila olmadi va chekinishga majbur bo‘ldi. Endi harbiylar shu hududdagi marralarini mustahkamlab, koridorni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Ilgariroq Suriya hukumat qo‘shinlari 28 oy davom etgan qamalni yorib o‘tgani, xalq bu voqeani nishonlash uchun ko‘chalarga chiqqani ma’lum qilingan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)