Yaqinda Yaponiyaning ommabop NHK-World telekanali zamonaviy O‘zbekiston, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va ulkan sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus teledasturlarni efirga uzatdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.
Syujetlarda milliy iqtisodiyotni liberallashtirish borasidagi qizg‘in jarayonlar, mamlakatning xalqaro hamkorlikni mustahkamlayotganiga alohida e’tibor berilgan.
Reportajlarda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy yutuqlari, qadimiy shaharlaridagi me’moriy yodgorliklari, milliy amaliy san’ati haqida gapirib berildi.
Izoh (0)