Avstraliya va Tailand termalari JCh—2018 saralashini yakunladi. Tomonlarning yashil qit’ada o‘tgan uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. Garchi Avstraliya g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, mazkur hisob jamoa uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda Avstraliyada to‘plar nisbati +5 ni tashkil qilmoqda, Saudiyada esa +6. Demak, bugun Saudiya Arabistoni termasi o‘z uyida Yaponiyani taslim qila olsa, JCh—2018 uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani yutib olishi mumkin bo‘ladi.
Reglamentga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolganida birinchi galda to‘plar nisbatiga qaraladi. Bu borada ustunlik Saudiya tomonida. Shunchaki, ochkolarni tenglashtirish uchun Yaponiyani yutish talab etiladi. Kunchiqar yurt termasi o‘tgan turda JCh—2018 missiyasini ijobiy hal qilib bo‘lgandi.
JCh—2018. Saralash“B” guruhi. 10-tur 5-sentabr, seshanba
Avstraliya — Tailand 2:1
Gollar: Tomi Yurich, 69 (1:0). Rokklav Anan, 82 (1:1). Metyu Leki, 86 (2:1).Voqealar rivoji O‘zbekiston milliy terma jamoasiga o‘z guruhida 3-o‘rinni taqdim etsa, pley-offda unga Avstraliya yoki Saudiyadan biri raqiblik qiladi.
Izoh (0)