10-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti to‘qqiz yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar uchun “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi. Bu haqda universitet sayti orqali ma’lum qilindi.
Aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
2015-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9–15 yosh bolalar uchun Codecraft loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi — bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.
Hozirda loyiha doirasidagi dasturlash kurslari Scratch tilida o‘tilib, MIT App Inventor 2 platformasidagi Android mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.
10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan aksiya davomida qatnashchilar bir soat ichida o‘yinlarni, mobil ilovalarni yoki veb-sahifalarni yaratish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni oladi.
Aksiyada ishtirok etishni istaganlar “Codecraft.uz” sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart. Joylar soni cheklangan.
Izoh (0)