O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi. Tumandagi “Taraqqiyot manzarasi” fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyat, tuman hokimlari, ichki ishlar, prokuratura, soliq organlari mutasaddi rahbarlari, fermerlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot 24” dasturida ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda shaxsiy javobgarlik va mas’uliyatini unutgan qator rahbarlar, xususan, Mirzacho‘l tumani hokimi, Mirzacho‘l tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Izoh (0)