• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Birinchi Prezidentga qo‘yilgan eng buyuk haykal — bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O‘zbekistondir”. Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi Islom Karimov haykali ochilishidagi nutqi

    Samarqand shahrida 2-sentabr kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali ochildi. Yodgorlikning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Prezident nutqi O‘zA tomonidan e’lon qilindi. “Daryo” nutqni to‘liq qayta e’lon qiladi.

    Aziz vatandoshlar!

    Hurmatli Tatyana Akbarovna!

    Muhtaram Samarqand ahli!

    Bugun — 2-sentabr, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafot etganiga bir yil to‘ldi.

    Shu munosabat bilan keng jamoatchilik, jumladan, jonajon Samarqand ahli vakillari bilan Islom akani yod etib, u kishining yorqin xotirasini abadiylashtirish uchun bugungi tadbirda yig‘ilib turibmiz.

    Barchamiz yaxshi bilamiz, yil davomida butun xalqimiz, shuningdek, ko‘plab xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va chet ellik fuqarolar Birinchi Prezidentimizning o‘chmas xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar.

    Xabarlaringiz bor, kuni kecha, Mustaqillik bayrami arafasida, azim poytaxtimiz — Toshkent shahrida, Islom Abdug‘aniyevich uzoq yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohi oldida u kishining haykali ochildi.

    Bugun esa Birinchi Prezidentimiz tug‘ilib o‘sgan, kamolga yetgan va mangu orom topgan Samarqand shahrida Islom akaning siymosi aks etgan haykalni ochayotganimiz el-yurtimizning ushbu ulug‘ insonga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromining yana bir amaliy ifodasidir.

    Islom Abdug‘aniyevichning ulug‘vor qiyofasi yorqin namoyon bo‘lgan ushbu yodgorlikda u kishi o‘zining donishmand nigohi va mehr to‘la ko‘zlari bilan barchamizga boqib turibdi.

    Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich bamisoli o‘zi uchun behad qadrli bo‘lgan shu diyor ahlini, aziz yurtdoshlarini Mustaqillik va Hayit bayrami bilan tabriklab, barchamizga samimiy tilaklar bildirayotgandek.

    Ishonchim komil, Islom Abdug‘aniyevichning haykali qad ko‘targan mana shu tabarruk maskan xalqimiz uchun, yurtimizga keladigan ming-minglab aziz mehmonlar uchun muqaddas ziyoratgohga aylanadi.

    “Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak” degan da’vatga bir umr amal qilib yashagan bu ulug‘ insonning xotirasi, ayni paytda Hazrati Xizr majmuasida barpo etilayotgan tabarruk ziyoratgohlari barchamizni ezgu va xayrli ishlarga chorlab turadi.

    Qadrli anjuman ishtirokchilari!

    Islom Abdug‘aniyevichning tarix va kelajak oldidagi buyuk xizmatlarini ta’riflab o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.

    Nega deganda, bugungi Samarqand, bugungi O‘zbekistonning go‘zal va obod qiyofasi, xalqimiz erishayotgan barcha-barcha yutuqlar u kishining ana shunday tarixiy xizmatlarini bamisoli ko‘zgudek yaqqol namoyish etib turibdi.

    Birinchi Prezidentimiz o‘tgan asrning 90-yillarida keskin muammolar, millatlararo mojarolar girdobiga tushib qolgan yurtimizni o‘zining yuksak rahbarlik salohiyati, jasorat va matonati bilan mudhish fojialardan omon saqlab qoldi, Vatanimizni katta taraqqiyot yo‘liga olib chiqdi. Bu yo‘lda o‘zining kuch-g‘ayrati, aql-zakovati, bilim va tajribasini ayamadi.

    Bu, hech shubhasiz, tom ma’noda qahramonlik va fidoyilik namunasi bo‘lib, tariximizda mangu muhrlanib qoladi.

    Biz barchamiz, butun xalqimiz haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom aka bilan faxrlanamiz, u kishi boshlagan ishlarni mutlaqo yangicha miqyos va talablar asosida davom ettirishni o‘zimiz uchun yuksak burch va mas’uliyat deb bilamiz.

    Hurmatli do‘stlar!

    Birinchi Prezidentimiz butun O‘zbekistonimiz kabi, uning bebaho gavhari bo‘lgan Samarqand zaminini ham farzandlik mehri bilan chin dildan sevar edilar.

    Samarqandni dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biriga, haqiqatan ham yer yuzining sayqaliga aylantirish Islom akaning yuksak orzusi edi.

    U kishi shu yo‘lda qisqa muddatda ulkan ishlarni amalga oshirganlarini siz, muhtaram Samarqand ahli yaxshi bilasiz, albatta.

    Islom aka dunyo miqyosida “Rimning tengdoshi” deb tan olingan Samarqanddek buyuk shaharning sha’nu shavkatiga, o‘ziga tuz-nasiba bergan bu zamin ahliga, uning ishonchiga doimo munosib bo‘lib yashadi.

    Biz el-yurtga sadoqat, chinakam vatanparvarlikning oliy namunasini hurmatli Yo‘lboshchimizning o‘z ona shahriga cheksiz muhabbatida, buning amaliy namoyoni bo‘lgan katta-katta ishlarida ko‘ramiz.

    Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonimizni, mustaqilligimizni, tinch va obod hayotimizni sevish va qadrlashni, o‘z yurtimizga mehr-muhabbatni biz ulug‘ Yurtboshimizdan o‘rganganmiz.

    Birinchi Prezidentimiz mustaqillik yillarida Samarqand shahrini tubdan obod qilish, uning tarixiy va zamonaviy qiyofasini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ulkan ishlarga bevosita rahbarlik qildi.

    Imom Buxoriy, Imom Moturidiy yodgorlik majmualarini barpo etish, Shohi Zinda ziyoratgohi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Hazrati Xizr masjidini ta’mirlash, obod qilish, yangi uy-joylar, maydon va xiyobonlar, ijtimoiy va madaniy ob’ektlar qurish ishlarida Islom akaning beqiyos hissasi borligini, ishonaman, Samarqand ahli hech qachon unutmaydi.

    Islom Abdug‘aniyevichning tashabbuslari bilan 2007 yili Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug‘ sanasi YuNESKO ishtirokida keng nishonlangani tariximizda yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

    Kuni kecha mana shu muazzam Registon maydonida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘z ishini katta muvaffaqiyat bilan yakunladi.

    Dunyoning turli qit’a va mintaqalaridagi 60 ga yaqin mamlakatdan kelib, ushbu anjumanda ishtirok etgan atoqli siyosat va madaniyat arboblari, mashhur san’at namoyandalari bundan yigirma yil oldin bu festivalga asos solgan Birinchi Prezidentimiz xotirasiga chuqur hurmat bildirib, u kishining xizmatlarini minnatdorlik bilan ta’kidlaganlari, hech shubhasiz, barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

    Qadrli vatandoshlar!

    Roppa-rosa bir yil avval boshimizga og‘ir qayg‘u va musibat tushgan tashvishli kunlarda dunyo ahli biz bilan hamdard bo‘lib, Birinchi Prezidentimizning xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatgani g‘oyat mushkul damlarda bizga katta madad berdi.

    Nasib etsa, kelgusi yil yanvar oyida Islom Abdug‘aniyevich tavalludining 80 yilligini keng nishonlaymiz.

    Ana shu qutlug‘ sana munosabati bilan Samarqand shahrida, Birinchi Prezidentimiz abadiy orom topgan maskanda u kishining shon-shuhratiga munosib tarzda bunyod etilayotgan ulug‘vor va muhtasham maqbara majmuasi ham ochiladi. Shuningdek, Qarshi shahrida ham muhtasham haykal barpo etiladi.

    Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich “Bu hayot, bu umr Amudaryo suvidek tez va shiddat bilan o‘tib ketadi, lekin insonning ezgu ishlari, ezgu xotirasi boqiy yashaydi” degan chuqur ma’noli so‘zlarni takror va takror aytar edilar.

    Bugun Islom akaning bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘li, amalga oshirgan xayrli ishlarini eslar ekanmiz, bu fikrlar avvalo u kishining o‘zlariga to‘la daxldor ekanini ta’kidlamoqchiman.

    Milliy mustaqilligimizning asoschisi muhtaram Islom Abdug‘aniyevichning so‘nmas xotirasiga qo‘yilgan eng buyuk haykal — bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O‘zbekiston davlatidir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Bugun, mana shu muborak Hayit ayyomida barchamiz Alloh taolodan aziz Islom akamiz, mehribon ustozimizning oxiratlarini obod etishni so‘raymiz.

    Men aminman – biz mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizni yanada obod va farovon qilish uchun qanchalik fidoyilik va qanchalik sadoqat ko‘rsatib mehnat qilsak, u kishining ruhlari shunchalik shod bo‘ladi.

    Bugun azim Samarqand shahrida Birinchi Prezidentimizning ulug‘vor haykalini ochayotgan ekanmiz, bir fikrni ta’kidlab aytmoqchiman: biz – hammamiz, egallab turgan vazifamiz, kasbimizdan qat’i nazar, o‘zimiz faoliyat ko‘rsatayotgan sohada Vatanimizga, xalqimizga, Birinchi Prezidentimizga doimo munosib bo‘lishimiz kerak.

    Bu borada siz, aziz Samarqand ahli doimo ibrat va namuna bo‘lasiz, deb ishonaman.

    Mana shu ezgu maqsad yo‘lida barchangizga sihat-salomatlik, kuch va g‘ayrat, oilaviy baxt tilayman.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    02.09.2017, 21:51   Izoh (0)   14463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Siz bilan Parijda uchrashishdan xursand bo‘laman”. Fransiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

    02.09.2017, 21:16

    Shavkat Mirziyoyev: Qishloq xo‘jaligida hamma narsani bilamiz, deb o‘ylaymiz. Aslida bilmagan narsalarimiz juda ko‘p

    02.09.2017, 20:34

    Foto va video: Toshkentda quriladigan Islom sivilizatsiyasi markazi binosi

    02.09.2017, 18:18

    O‘zbekiston TIV Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan fuqaro bilan aloqa o‘rnatishda “Ozodlik” radiosidan yordam so‘radi

    02.09.2017, 17:39

    O‘zbekistonda 16 ming kishi “diniy oqimga a’zolar ro‘yxati”dan chiqarildi

    02.09.2017, 17:10

    O‘zbekistonga Human Rights Watch tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi

    02.09.2017, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda 120 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:15

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10

    “Ukraina kelajakdagi urush uchun Rossiyaga tayanch bo‘ladigan hududlarini bermaydi” — Zelenskiy

    Dunyo | 13 avgust, 09:07

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.