• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Omaxalik sehrgar: Uorren Baffett Uoll-Stritni qanday zabt etdi?

    Uorren Baffettning investitsiya kitirish tamoyillari haqidagi maqola 1969-yilning 1-noyabrida AQShning Forbes gazetasida chop etilgan edi.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Uorren Baffett Vashington va Nyu-Yorkda yashagan, Kolumbiya universitetining Biznes maktabini tugallagan, lekin hech qachon bu joylarda uzoq ushlanib qolmagan. U doim Omaxa, Nebraska shtatiga qaytib kelgan. Agar u shifokor, advokat yoki biznesmen bo‘lganida, bu unchalik hayratlanarli bo‘lmasdi. Biroq Baffett Uoll-stritlik moliyachi sifatida tanilgan edi. Oxirgi 12 yil ichida u AQShdagi eng yorqin investitsiya portfelini yaratdi.

    Baffettning qanchalik yorqin bo‘lganligini quyidagi misoldan ham bilib olish mumkin: u 1957-yilda Buffett Partnership kompaniyasiga 10 ming dollar investitsiya kiritgan, hozirda kompaniya qiymati 260 ming dollarni tashkil etadi. Kompaniyaning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 31 foizga oshdi. Kompaniya mavjudligining 12 yili davomida u pullarni yo‘qotgan birorta ham yil qayd etilmadi. 1962-yilda ko‘rsatkichlar 13 foizga, 1966-yilda esa 20 foizga o‘sdi. Bu paytda Dou-Jons indeksi o‘rtacha 7 foiz va 15 foizga (tegishli ravishda) pasaygan edi. “Axir u savdogar-ku”, — deyishingiz mumkin. Bo‘lmagan gap.

    Baffett bunga investitsiya kiritish tamoyillariga tinimsiz amal qilish orqali erishdi. Hozirda juda kam natijaga erishgan ko‘pchilik yosh tadbirkorlar ham 60-yillarning boshida investitsiya kiritishning aynan shunday g‘oyalari bilan ish boshlagan, biroq keyin qimmatli qog‘ozlar bozoridagi talab ortidan quvib bu haqda unutib qo‘ygan. Baffett esa aksincha o‘z tamoyillariga amal qilgan. U aksiyalari qiymati yangi trendlarga asoslanadigan konsept-kompaniyalar haqida mulohaza yuritmaydi, aksiyalariga tashqi voqealar ta’sir ko‘rsatadigan kompaniyalarga investitsiya kiritmaydi. U hech qachon daromad haqidagi hisobotda tezkor aylanma uchun savdo qilmagan va Fred Karr kabi tanilmagan kompaniyalarni xarid qilmagan. Baffett oddiy didli sodda odam emas. U aksiyalarni xarid qilishda murakkab hisob-kitoblarga emas, oddiy tayanch motivlarga tayanadi. Uning aksiyalari qaysidir ma’noda Omaxaga o‘xshaydi.

    Yillar davomida American Express, Cleveland Worsted Mills, Walt Disney, Studebaker kabi kompaniyalarning aksiyalari unga katta muvaffaqiyat keltirdi. U konglomerat xarid qilmaydi. Bunda u uchun hech qanday ma’no yo‘q. Bu texnologik kompaniyalarga ham taalluqli. “Men ularni tushunmayman. Bu mening uslubim emas”, — deydi u.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Omad sari yo‘l qanday boshlangan

    Uorren Baffett 1930-yilda Omaxa shahrida dunyoga keldi. 1942-yilda uning otasi respublikachilardan AQSh vakillik palatasiga saylanganidan so‘ng Vashingtonga ko‘chib o‘tdi. Uning otasi nafaqaga chiqqandan so‘ng Baffett 1952-yilda Nebraska shtatiga ko‘chib keldi va u yerda shtat universitetida tahsil oldi va fond bozori haqida fikr yurita boshladi.

    “Fond bozori bilan 11 yoshimdan, otam broker bo‘lib ishlagan Harriss Upham kompaniyasida qo‘shimcha pul ishlayotgan paytimda qiziqa boshlaganman. Fond bozori, jadvallar va shunga o‘xshash narsalar haqida imkon boricha ko‘proq ma’lumot olishga urindim. Keyinroq ‘Qimmatli qog‘ozlar tahlili’ kitobi qo‘limga tushib qoldi. Shunda go‘yo ko‘zim ochilganday bo‘ldi”, — hikoya qiladi Baffett.

    Bu Baffettni sharqqa qaytardi, u yerda Baffett Kolumbiya universitetidagi Biznes maktabida ustozidan ta’lim oldi. Keyin Omaxaga qaytib, ikki yil davomida qimmatli qog‘ozlar sotish bilan shug‘ullandi. 1954-yilda 25 yoshida u yetti nafar hamkor bilan 100 ming dollarga Buffett Partnership firmasiga asos soldi. Baffett yagona bosh sherik edi. Hozirgacha amal qilayotgan kelishuv har bir sherik yillik kelishuvdan 6 foizdan olganidan so‘ng Baffettga 25 foiz foyda olish imkonini beradi. Aslini olganda, 12 yildan so‘ng Baffett aynan shu kelishuv tufayli boyib ketdi.

    Baffett muntazam Grem tamoyilini qo‘llagan. Grem “Aqlli investor” kitobida shunday yozadi: “Investitsiya kiritish u biznesga o‘xshaganda oqilona bo‘ladi”, — boshqacha aytganda, hissiyotlar, umidlar va fantaziyalar ta’siriga duchor bo‘lmaganda. Bu Baffettning asosiy postulatlaridan biri edi.

    “Aksiyalarni xarid qilishda butun bir kompaniya, qo‘shni ko‘chadagi do‘kon xaridi istiqboli haqida o‘ylagandek fikr yuritaman. Bu do‘kon haqida hamma narsani bilishni istagan bo‘lardim. Walt Disney aksiyalari 1966-yil boshida qancha turganligiga ko‘z tashlang — bir dona aksiyasi 53 dollar, unchalik arzon emas. Biroq ‘Oppoqoy’ va boshqa multfilmlar shuncha turganda siz xuddi shunday shartlar asosida 80 million dollarga butun kompaniyani xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, sizda Disneylend va Uolt Disney bor — genial sherik”, — tushuntiradi u.

    “Tasavvur qiling, sizning do‘koningiz bor va siz ruhiy siqilish holatidagi sherik bilan ishlaysiz. Bir kuni u kompaniyadagi aksiyalarini 1 dollarga sotishni taklif qiladi. Keyingi kun yaxshi ob-havo yoki noma’lum sababga ko‘ra, umuman sotmaslikka qaror qiladi. Fond bozori aynan shunday, shuning uchun siz uning shartlari asosida xarid qilib va sota olmaysiz. Siz o‘zingiz istagan paytda xarid qilasiz va sotasiz”, — deydi Baffett.

    Uorren Baffett uchun kompyuterlar, ko‘p sonli xodimlar va hashamatli ofislar muhim emas. Oxirgi vaqtga qadar, u Buffett Partnership kompaniyasida 20 million dollarni boshqargan davrga qadar u o‘z-o‘ziga ishlagan. Hatto bugun ham uning xodimlari Omaha Kiewit Plaza osmono‘par binosining uchta kichik xonasida ishlovchi to‘rt nafar xodimdan iborat.

    Biror narsa uning e’tiborini o‘ziga tortganda u masalani to‘liq o‘rganib chiqishga urinadi. Baffettning so‘zlariga qaraganda, 1965-yilda u Kanzas-sitidagi temiryo‘l stansiyasida avtosisternalarni sanash uchun bir oy vaqt sarflagan.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Biroq u temiryo‘l kompaniyasi aksiyalarini xarid qilishni rejalashtirmagan. U Studebaker Corp. kompaniyasiga qiziqib qolgan edi. Keyinchalik u aksiyalarini xarid qilgan kompaniya aksiyalari qiymati 18 dollardan 30 dollargacha oshib ketgan.

    Baffett har doim tezroq sotishga tayyor bo‘lgan intizomli kishilar toifasiga kiradi. Baffettning so‘zlariga qaraganda, u bir dollarni bozorda 60 sentga xarid qilishga harakat qiladi va uning qiymati bir dollarga yetganda, keyinchalik yanada narx oshishi kutilayotgan bo‘lsa-da, uni sotib yuboradi. Bunday investitsiya kiritish bilan u bozordagi narxlar tushishidan unchalik ko‘p qayg‘urmaydi.

    Shu bilan xayrlashamiz...

    Agar sizni bu qiziqtirib qolgan bo‘lsa, afsuski hurmatli o‘quvchi, Uorren Baffett sizning pullaringiz bilan shug‘ullanishiga umid qilmang. Hozirgi paytda u faqat o‘zining pullari bilan shug‘ullanmoqda. Yanvardan so‘ng Baffett Buffett Partnership kompaniyasini tugatadi. Uning Rokfeller bo‘lish niyati yo‘q. Bundan tashqari, u ishbilarmonligini yo‘qotmoqda.

    U boylik to‘plab bo‘ldi va ortiq tovar vagonlarini hisoblash hamda statistika bo‘yicha qo‘llanmalarni o‘qishni istamaydi. U “Aynan 20 yoshingda qilgan ishing bilan shug‘ullanishing shart emas”, deganda bu haqiqatga ko‘proq o‘xshaydi.

    U pullarining katta qismini turg‘un daromad olish uchun munitsipal obligatsiyalarga tikishni va Berkshire-Hathaway, Rokforddagi Illinois National Bank va Omaxadagi haftalik gazeta aksiyalar nazorat paketini saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Yana qanday rejalar? “Men hayotni rejalashtirishga ishonmayman”, — mana uning javobi.

    Baffett 1952-yilgi to‘y kunidan beri istiqomat qilayotgan Omaxadagi dala hovlisida yashashni rejalashtirmoqda. Unga ko‘proq joy kerak bo‘lib qolganda esa u shunchaki navbatdagi xonani qurib oladi. Bu yerda hayot tarzi unchalik tezkor emas va uning uch nafar farzandi sog‘lom tarbiya olmoqda.

    Biroq aqlli yigitlarni Uoll-Strit o‘ziga tortadi, faqat bekorchilargina uyida qoladi.

    03.09.2017, 16:05   Izoh (0)   9354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreyada 5,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Seul Pxenyan yadro sinovini o‘tkazganligini istisno etmadi

    03.09.2017, 13:07

    “Hizbulloh” AQShni IShID jangarilari evakuatsiya qilinayotgan avtobuslar harakatiga xalaqit berishda aybladi

    03.09.2017, 12:52

    Polsha rasmiylari Ukraina va Belarus chegarasida devor qurish loyihasini ishlab chiqdi

    03.09.2017, 12:35

    Myanmada islomga e’tiqod qiladigan roxinjalarning 2,5 mingdan ortiq uyi yoqib yuborildi

    03.09.2017, 12:21

    KXDR ballistik raketa uchun vodorod bombasi yaratganini ma’lum qildi

    03.09.2017, 11:05

    Germaniya Turkiyaning Gulen tarafdorlari hisob-raqamlarini muzlatish talabini rad etdi

    03.09.2017, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Men ‘ko‘chaʼga pul bermaganman” — xonanda Xurshid Rasulov

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:25

    Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:15

    Superliga. “Bunyodkor” mehmonda “Dinamo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 23 iyun, 22:11

    AQSHda 22 yoshli kollej bitiruvchisi aksilterror dasturiga rahbarlik qilmoqda — The Independent

    Dunyo | 23 iyun, 22:10

    Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlangani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:01

    Jazoirdagi futbol stadioni to‘sig‘i sinib, muxlislardan 3 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyun, 21:55

    Jizzaxda 50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 21:40

    CBS News: AQSHda Los Anjeles sherifining Eronga hamdardlik bildirgan xabari o‘chirib tashlandi

    Dunyo | 23 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.