Iroqning Salohiddin viloyatida elektr stansiyasining 6 nafar xodimi xudkush terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
4 nafar jangaridan iborat guruh Samarra shahri sharqidagi nimstansiya hududiga 2-sentabr, shanba kuni ertalab kirgani bildirilmoqda. Ulardan birini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lindi, uch nafar jangari xudkush kamarini harakatga keltirdi.
Mamlakat energetika vazirligi hozirda vaziyat nazorat ostida ekanligini ma’lum qildi. Terrorchi guruhlardan hech biri hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)