Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasining sentabrdagi sessiyasida ishtirok etishni rejalashtirmagan. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezidentning rejalarida sessiyada qatnashish ko‘zda tutilmagan”, — dedi Peskov.
Matbuot kotibi AQSh prezidenti Donald Trampning sessiya oldidan dunyo yetakchilari sammitini o‘tkazish tashabbusiga izoh bermadi. Oq uy rahbari uchrashuvda BMTni isloh etish masalasini muhokama etish niyatida.
Izoh (0)