Yaponiyaning turli gadjetlar va aksessuarlar ishlab chiqaradigan Sanko kompaniyasi lightning iPhone portiga ulanadigan mitti elektr ustarani sotuvga chiqardi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Ustara faqat bitta aylanuvchi tig‘dan foydalanadi. Uning harakati smartfon batareyasi quvvatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi ma’lum emas.
Bunday uchlik narxi 9 dollarni tashkil etadi. iPhone uchun ustara hozircha faqat Yaponiyada sotilmoqda. Xitoyliklar qo‘liga tushganidan so‘ng bunday gadjetlarga bozorlarni to‘ldirib tashlashlariga shubha yo‘q.
Izoh (0)