Xiaomi 11-sentabr kuni o‘zining Mi Mix romsiz smartfoni yangi avlodini taqdim etishi haqida rasman e’lon qildi. Bu, mish-mishlarga ko‘ra, Apple o‘z iPhone 8 ini namoyish etadigan kundan bir kungina avvaldir, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6 dyuymli Japan Display ekrani (old panelning 95 foizini tashkil etadi), sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 835 chipi, 6/8 Gb tezkor va 128/256 Gb ichki xotira, 12 megapikselli asosiy qo‘sh kamera va 5 megapikselli old kamera, 3400 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi, Android 8.0 operatsion tizimida ishlaydi.
Narxlar 600 dollardan boshlanishi, 8Gb tezkor va 256 Gb ichki xotirali qimmatbahoroq model esa taxminan 750 dollar turishi kutilmoqda.
Izoh (0)