Boshqirdistonlik 11 yoshli Alina Abdullina olti nafar uka-singillarini yong‘indan qutqarib qoldi, deb yozadi “Islam.ru”.
Kuchli yong‘in Mrakovo qishlog‘idagi bir uyda yuz berdi. Alanga tezkorlik bilan uning tomiga va ayvoniga o‘tdi. Bu paytda uyda 11 yoshli Alina va uning olti uka-singillari bor edi. Qizcha sarosimaga tushmadi va bolalarning barchasini olovdan olib chiqa oldi.
Yong‘in oqibatida 32 yoshli ayol kuyib qoldi, uni kasalxonaga yotqizishdi.
Izoh (0)