Yaponiyada Xirosima va Nagasaki atom bombardimonlari jabrdiydalari harakatining (“Xibakusya”) eng mashhur namoyandalaridan biri Sumiteru Taniguti 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nagasaki 1945-yil 9-avgustda bombardimon qilinishi oqibatida tanasi qattiq kuygan Tanigutining fotosi o‘z vaqtida butun dunyoga tarqalgandi. Unda qorni bilan yotgan va orqa terisi butkul jizg‘anak bo‘lgan bola tasvirlangandi.
Sumiteru Taniguti hayotini jamoatchilik faoliyati va yadro qurolidan voz kechishni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishladi. U omma, xususan, talabalar oldida tez-tez chiqish qilar, kelajak avlod yadro qurolining dahshatli asoratlaridan xabardor bo‘lishini istardi.
Izoh (0)