Saudiya Arabistonining Makka shahri boshqarmasi Haj ziyorati uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan 400 mingta ziyoratchini ortga qaytardi, deb yozmoqda UAE Inside.
Bu haqdagi xabar vakillardan biri matbuot anjumanida katta raqamni aytganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Butun hukumat tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan kishilarni olib kelgan 200 mingdan ortiq avtomobilni to‘xtatgan. Uch mingdan ortiq avtomobil olib qo‘yilgan. Noqonuniy ziyoratchilar chegaradan ortga qaytarilgan. Shu bilan birga, chegaradan noqonuniy o‘tgani uchun 1841 kishining ishi sud tomondan ko‘rilmoqda.
So‘nggi ikki kun ichida mamlakatga 1 747 440 kishi uchib kelgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga ko‘p degani.
Izoh (0)