“Xarvi” to‘foni yopirilgan Texas shtatining eng yirik shahri Xyuston rasmiylari talon-taroj holatlari ortganligi sababli noma’lum muddatgacha komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Komendantlik soati 22:00 dan 5:00 gacha amalda bo‘ladi, politsiya bo‘linmalari shahar va unga yaqin hududlarga ko‘proq safarbar qilinadi.
Shahar meri Silvestr Ternerga ko‘ra, komendantlik soati davomida avtomobil boshqarish yoki jamoat joyida bo‘lish man etiladi.
Izoh (0)