CNN muxbiri Dryu Griffin 30-avgust kuni Texasdan uzatilayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir chog‘ida bir erkakka cho‘kib ketayotgan avtomobildan chiqib olishga yordam berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Qutqaruv jarayoni aks etgan video telekanal saytiga joylandi.
Griffin “Xarvi” to‘foni bilan bog‘liq vaziyatni yoritayotgan edi. To‘g‘ridan to‘g‘ri efir boshlangan lahzada muxbir yo‘lda ketayotib, suv to‘la chuqurga tushib ketgan oq pikapni ko‘rib qoldi.
Griffin va prodyuser Brayan Rokus jabrlanuvchiga mashinadan chiqib olishda yordam berdi. Bu vaqt davomida jurnalist mikrofonini olib qo‘ymadi va bevosita efirda vaziyatni sharhlab turdi.
Izoh (0)