Rossiyaning Kaliningrad—Zelenogradsk trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb yozadi “1news.uz”.
YHXDI dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avariyani 45 yoshli haydovchi boshqargan Renault rusumidagi avtomobil keltirib chiqargan. Erkak yo‘lning o‘ng tomonga burilgan qismida boshqaruvni yo‘qotgan va yengil mashina dastlab metall to‘siqqa borib urilgan, so‘ng yo‘lning qarama-qarshi tomoniga uchib chiqib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Zarbadan yuk mashinasi ag‘anab ketgan va tirkamadagi raps (o‘simlik) yo‘l chetida turgan 49 yoshli ayol ustiga to‘kilgan, u esa voqea joyida halok bo‘lgan. YTH natijasida boshqa hech kim jabr ko‘rmagan.
Izoh (0)