29-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “SAMPI”ga o‘qishga kirgan kamida 40 abituriyent imtihonda yonma-yon o‘tirgan. Bungacha TDIU va O‘zMUda shunday holatlar aniqlangan edi.
2. Markaziy bank: Valyuta sotib olish shoxobchalari faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kirdi.
3. Toshkent shahrida Qurbon hayiti kuni jamoat transportlari soat 04:00 dan ish boshlaydi. O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 1-sentabr kuni nishonlanadi.
4. Oliy Majlis deputati: Men Xalqaro press-klub faoliyatiga munosabat bildirdim, lekin so‘z erkinligiga qarshi emasman. “Umuman olganda, bir-ikki bosar-tusarini bilmay qolganlarni deya, demokratik islohotlarga zarar yetmaydi”.
5. Baxtiyor otalar: Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning uchinchi farzandi tug‘ildi (fevralda tug‘ilgan, lekin bu haqda endi ma’lum bo‘ldi), Facebook asoschisi Mark Sukerbergning ikkinchi qizi dunyoga keldi.
Izoh (0)