• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olx.uz’dagi arzon iPhone’ga uchgan xaridor 500 dollarga chuv tushdi

    “Terabayt”ning yozishicha, Olx.uz’dan arzon iPhone sotib olmoqchi bo‘lgan bir kishi firibgarlar tuzog‘iga tushib, 500 dollarga kuydi. Mazkur xaridor nashrga bo‘lib o‘tgan voqeani yozgan va boshqa fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. Nashr bo‘lib o‘tgan voqeani taqdim etdi.
    O‘zbekistondagi ommabop onlayn savdo maydonlaridan bo‘lgan Olx.uz saytida iPhone 7 sotilayotganligi haqidagi e’longa ko‘zim tushib qoldi. Uning narxini bilish uchun e’lon muallifi bilan bog‘landim. U esa menga bir telefon raqamini berdi va unga Telegram messenjeri orqali murojaat qilishimni so‘radi.

    Foto: “Terabayt”

    Foto: “Terabayt”
    Doimiy xotirasi 128 gigabayt bo‘lgan iPhone 7 modelining narxini so‘rasam, 399 AQSh dollari, deya javob berdi. Asosan rus tilida yozishdik.

    Foto: “Terabayt”

    Foto: “Terabayt”
    Men tovarni olish uchun nima qilishim kerakligini so‘radim, sizlarga ishonsa bo‘ladimi, deb savol berdim. U esa, o‘zlarining butun dunyo bo‘yicha ulgurji holda tovar yetkazib beruvchi ekanligini aytdi. Mahsulotni CPC FARNEEL tizimi orqali jo‘natishlarini aytib, http://cpc.farnell.com/ manzilini ham berdi. Bu ishonchli kompaniya ekanligini ta’kidladi.

    Men esa, gapiga ishonch hosil qilish uchun o‘zini tanishtirishini va suratini menga jo‘natishini so‘radim. Keyin bolasini ko‘tarib tushgan suratini yuborib, shu farzandini o‘rtaga qo‘yib qasam ichdi.

    Menga isbot sifatida CPC FARNEEL orqali jo‘natilgan pochta qog‘ozini yuborganidan so‘ng ularga ishonib, tovarni olishga rozi bo‘ldim va qanday qilib buyurtma berishni so‘radim.

    Foto: “Terabayt”

    Foto: “Terabayt”
    U Buyuk Britaniya, Turkiya va Nigeriyada filiallari borligini aytdi. Tovarni olish uchun ularga Western Union tizimi orqali to‘lov qilishim kerak ekan. To‘lovni faqat o‘zimizdagi Hamkorbank yoki Kapitalbank orqali amalga oshirishimni ham so‘radi. Pul yetib borganidan keyin, ularning buxgalteri pul tushganini tasdiqlashi bilanoq tovarni menga jo‘natishini va xaridimning kelishini bir sayt orqali nazorat qilishim mumkinligini aytdi.

    Men shundan keyin men ishondim va pulni qaysi manzilga jo‘natishim kerakligini so‘radim. Sotuvchi meni ishontirish uchun o‘zini musulmon qilib ko‘rsatishdan ham toymadi:

    Shu tariqa, mendan mamlakat, shahar va uy manzilimni yozib jo‘natishni so‘radi va pul o‘tkazish uchun manzilni berdi.

    Avvaliga ishonmay turdim, birozdan keyin u menga qo‘ng‘iroq qildi va pulni 30 daqiqa ichida jo‘natishim kerakligini, aks holda tovar bir necha kun kech kelishini aytdi.

    Men pulni jo‘natdim va ularga buni aytdim. Pul o‘tganligi to‘g‘risida bankning kvitansiyasini suratga olib jo‘natishimni so‘rashdi. Kvitansiyani olib, buxgalter to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlaganidan so‘ng o‘zlari aloqaga chiqishlarini aytishdi.

    Men naq 3 soat ularning aloqaga chiqishlarini kutdim. Nihoyat, xabar keldi, unda “Pochtani jo‘natish bo‘yicha muammo yuzaga keldi, boshqa davlatlarga 1 donadan ko‘proq mahsulot buyurtma berish kerak ekan”, deyilgan edi. Menga yana bitta telefon xarid qilishimni, evaziga esa yana bitta telefonni bepul berishlarini aytishdi. Jami uchta tovar — “bittadan iPhone 7, iPhone 5s hamda iWatch jo‘natamiz”, — deyishdi. Buning uchun esa qo‘shimcha atigi 100 dollar yuborishimni so‘rashdi.

    Bundan asabiylashib ketdim va pulimni qaytarishlarini so‘radim. Ular esa: “Pulni qaytarishning iloji yo‘q, pullar kompaniya xarajatlari uchun sarf etildi. Tovarni olish uchun 100 dollar jo‘nating va muammo hal bo‘ladi”, — deyishdi.

    Boshqa pulim yo‘qligini, bu firibgarliklari yaxshi ish emasligini aytdim va pullarimni qaytarishlarini so‘radim. U yana rasm yuborib, “Men ham insonman, bolalarimga harom pul topib yedirmayman”, — deganicha, Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichdi. Bu gaplaridan keyin unga ishonib, yana qo‘shimcha 100 dollar pul yuborish uchun bankka bordim. Biroq bu safar u pul jo‘natish uchun boshqa manzil yuborgan edi.

    Foto: “Terabayt”

    Foto: “Terabayt”
    Pulni jo‘natayotganimda, bank xodimlari menga, ikki haftacha oldin ham bir yigit Nigeriya davlatiga bir necha marta pul yuborganini va aldanib qolganini aytishdi. U ham telefon buyurtma berish uchun pul o‘tkazgan ekan, afsuski, uni ham aldashibdi. Buni eshitsam ham, oldin jo‘natgan pulim qaytishidan umidvor bo‘lib, yana 100 dollar yubordim.

    Bir necha soatdan so‘ng u tovar Buxoroda ekanligini, kuryer haqi uchun yana 97 dollar jo‘natsam, tovarni menga dushanba kuniga yetkazishlarini aytdi.

    Men bu pulni bir necha oy ishlab topganimni, bunaqa harom yo‘l bilan topilgan pul buyurmasligini aytdim va pulimni qaytarishlarini so‘radim. U esa, “Ertaga gaplashamiz”, deb xabar yozdi va shu bilan haligacha undan javob kelmadi.

    O‘sha voqeadan keyin, kuni kecha yana Olx.uz’da yana o‘sha — tanish mavzudagi e’longa ko‘zim tushdi. Xayolimdan “Toshkentda unga yordam berib turadigan sheriklari bor, shekilli», degan fikr o‘tdi. Mana o‘sha e’lonlari:

    Foto: “Terabayt”

    Foto: “Terabayt”
    Ko‘rib turganingizdek, firibgarning e’lon berish uchun qo‘llaydigan niki (foydalanuvchi ismi) — reynolds, uning joylashgan yeri esa Toshkent shahri Bektemir tumanida bo‘lib ko‘rinyapti. Shu firibgardan ehtiyot bo‘linglar!

    Foto: “Terabayt”

    Foto: “Terabayt”
    Xullas, meni-ku yaxshilab chuv tushirishdi. Endi qancha urinmayin, baribir pullarimni qaytara olmayman. Sizlardan iltimos, buni maqola qilib tarqatinglar, toki boshqa kishilar bularning yolg‘oniga uchib, mendek jabr ko‘rib qolishmasin.

    Olx.uz’da aldangan xaridor

    “Ayni shu voqea misolida oladigan bo‘lsak, smartfonning narxi o‘ta arzonligi ham kishini hushyorlikka chorlovchi sababdir. Axir, 128 gigabaytli xotiraga ega bo‘lgan iPhone 7 ning narxi taxminan 730—750 AQSh dollari bo‘lishi mumkin. Poytaxtimizdagi “Malika” savdo markazi do‘konlarida ham bu modelga taxminan 5 840 000 so‘m narx belgilangan.

    Bundan tashqari, o‘zi O‘zbekistonda bo‘lmagan, pulni olganligini tasdiqlovchi, tovarni yetkazib berishini kafolatlovchi biror hujjati bo‘lmagan kishiga ishonish ham, yumshoqroq qilib aytganda, soddalikdir”, — deb xabariga yakun yasagan nashr.

    30.08.2017, 07:32   Izoh (0)   40472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB alohida vazifalar bajaruvchi safarbar otryadi yuqori darajali jangovor tayyorgarlikka o‘tdi (foto)

    30.08.2017, 07:14

    O‘zbekistonda dronlar qurilishda, kartografiyada va tabiiy ofatlar bilan kurashishda qo‘llanilishi mumkin

    30.08.2017, 06:10

    Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo‘jayev va O‘zMTRK rahbari Bobur Alixonov lavozimidan ozod etildi

    29.08.2017, 22:33

    Uzluksiz ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “SAMPI”dagi “o‘yinlar”, Xalqaro press-klubni tanqid qilgan deputat va kunning boshqa muhim xabarlari

    29.08.2017, 20:20

    Mirobod tumani IIB sobiq binosining yaqinidagi yong‘inga gaz ballonini ta’mirlashdagi xatolik sabab bo‘lgan

    29.08.2017, 19:30

    “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “SAMPI”ga o‘qishga kirgan kamida 40 abituriyent imtihonda yonma-yon o‘tirgan

    29.08.2017, 19:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00

    Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

    Sport | 11 avgust, 15:45

    Xitoyda ishsiz aholi ofislarga pul to‘lab, o‘zlarini ishlayotgandek tutmoqda

    Layfstayl | 11 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.