• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prokuratura tekshirsin, test natijalari bekor qilinsin”. Jamoatchilik OTMlardagi “shubhali tasodiflar” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda

    O‘zbekistonda 2-sentabr — Bilimlar kuni. Shu kuni nafaqat maktab va kollejlarda, balki mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ham “Mustaqillik darslari” bilan o‘quv yili boshlanadi. Biroq ba’zi OTMlar uchun (balki hammasi uchun) o‘quv yili har doimgidan ham og‘irroq boshlanadigandek. Avgust oxiriga kelib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (“Narxoz”), O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (“SAMPI”) va Toshkent moliya instituti test imtihonlari vaqtida shubhali sxemalar ishlagani, “maxsus guruhlar” (“rektor guruhi”) tashkil etilganini tasdiqlovchi belgilar aniqlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu shubhali belgilarga dastlab huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev “Narxoz” misolida e’tibor qaratdi. So‘ng uning hamfikrlari, ommabop internet-nashrlarning o‘quvchilari tomonidan vaziyatning boshqa fosh etuvchi belgilari ko‘rsatildi, “Narxoz”ning yoniga O‘zMU, “SAMPI” va Moliya instituti qo‘shildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qayd etishicha, bunday “shubhali tasodiflar” yuz bergan oliygohlar ro‘yxati hali yana kattalashishi mumkin.

    Mazkur holatlar jamoatchilik tomonidan faol muhokama qilinmoqda. Ularning aksariyati bunday sxemalar mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ko‘p yillardan beri amalda ekani, biroq shu vaqtgacha ularga qarshi keskin choralar ko‘rilmagani ta’kidlamoqda. “Shubhali tasodiflar”ni ochiq qat’iy qoralaganlar orasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov ham bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Narxoz”dagi ahvol bundan to‘rt yillar “avval ham shunday edi”.

    Ajablanarli jihati, ayovsiz tanqidlar, faol muhokamalarga qaramay, O‘zMUdan boshqa oliygohlarning rahbariyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va nazorat qiluvchi organlar vaziyatga panja ortidan qaramoqda, na o‘zini oqlamoqda, na ayblovlarni tasdiqlamoqda. Balki tegishli surishtiruv, tekshiruv ishlari boshlangandir, biroq jamoatchilik bundan xabardor qilinmayapti. Shu jihatdan, o‘tgan ikki kun davomida ijtimoiy tarmoqlardagi xos muhokamalarda faol tarqatilgan bir maqola e’tiborga molik: muallif prokuratura organlarini vaziyatga aniqlik kiritishga, shubhaga tushgan test sinovlari natijalarini esa bekor qilishga chaqirgan.

    “Daryo” ushbu maqolani juz’iy tahrirlar bilan qayta e’lon qiladi (muallif fikri tahririyat fikriga mos kelmasligi mumkin).

    Kerak

    Kecha bir qator oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari noqonuniy sxemalar orqali o‘tkazilgani haqidagi materiallar shu mamlakat kelajagiga befarq bo‘lmagan kishining dilini og‘ritdi.

    Men har doim aytganman: jamoatchilik nazorati prokuror nazoratidan aynan “bunisi unisiga to‘g‘ri kelmayapti-ku?”, degan mantiqiy savol berishi bilan ajralib turadi, shunisi bilan kuchli hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratining funksiyasi qamash emas. Bu prokurorlarning ishi. Jamoatchilik o‘g‘rini ushlashi shart emas — u o‘g‘ri ishlamasdan uyi balandlayotganini, tagida mashinalari paydo bo‘layotganini, dang‘illama to‘ylar qilayotganini aytib tursa bas...

    Xushnudbek Xudoyberdiyev, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq vakillarining kechagi ishlari Oliy ta’lim vazirligiga, Davlat test markaziga (DTMning: “Bizning bunga nima daxlimiz bor?”, deyishi ahmoqlik), tilga olingan OTMlari rahbarlariga jamoatchilik tomonidan bildirilgan ishonchsizlik votumidir. Hozir rektorlar ham, oliy ta’lim vaziri ham “unaqa emas” desa, birov ularga ishonmaydi.

    Xalq hokimiyat bo‘lgan ochiq jamiyatda prokuratura organlari masalani nazoratga oladi va bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumot beradi. Bizda ham shunday bo‘lishi kerak. Balki bu borada qandaydir harakatlar boshlangandir ham. Menga qorong‘u.

    Jurnalistlar surishtiruvida tilga olingan fakultet va yo‘nalishlarda tekshiruv muddati yakuniga yetguniga birinchi kurs talabalari o‘qishga qo‘yilmasligi va test sinovlari natijalari bekor qilinishi kerak. Talabalar qaytadan test topshirsin. Hech narsa qilmaydi.

    Adashmasam, 1990-yillarda sobiq Toshkent davlat yuridik institutida shunga o‘xshash holat bo‘lgandi. Shu ish bilan shug‘ullanayotgan kaltabinlar hamda minglab dollar pul sarflayotgan ota-onalar ham pushaymon bo‘lishi kerak. Birovning haqiga xiyonat narigi dunyoda emas, shu jamiyatda jazoga tortilishi lozim. Bu butun jamiyat uchun yaxshigina signal ham bo‘ladi. Bu “tanlab tatbiq etish” emas.

    Surishtiruvda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha rektorlar, oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda DTM rahbarining shaxsiy javobgarligi ko‘rib chiqilishi kerak.

    Bu xatti-harakatlar, albatta, oliy ta’lim tizimini korrupsiya holatidan tozalay olmaydi. Lekin katta ishlar ham mana shunday kichkina harakatlardan boshlanadi. Korrupsiyaga qarshi qachon samarali kurash olib boriladi? Qachonki, korrupsionerlar uchun hayot kundan-kunga qiyinlashib boraversa...

    To‘g‘ri, oliy ta’limda o‘qishni istamoqchi bo‘lganlar va o‘qish o‘rinlari o‘rtasidagi tafovut yer bilan osmoncha. Kechagi sxemalar o‘rniga boshqa sxemalar paydo bo‘laveradi. Lekin jamoatchilik ularga qarshi kurasha oladi. Jamiyatimizda ilg‘orlar, jon kuydiradiganlar tiqilib yotibdi.

    Rahbariyat yuksak siyosiy xohish ko‘rsatib, jamoatchilik fikriga quloq tutishi va adekvat munosabat bildirishi kerak. Xushnudbek Xudoyberdiyev va unga yordam berganlarga katta rahmat.

    Bularning barchasi, albatta, mening fikrlarim.

    @davletovuz

    30.08.2017, 16:45   Izoh (0)   68495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017-yil dekabr oyida o‘tkaziladi

    30.08.2017, 16:12

    “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “Narxoz”, O‘zMU va “SAMPI”dan so‘ng navbat Moliya institutiga!

    30.08.2017, 15:47

    Abdulla Aripov Sapar Isakovni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi

    30.08.2017, 15:15

    Toshkent viloyatining barcha hokimlari — bitta suratda

    30.08.2017, 15:09

    Shavkat Mirziyoyev: Mustaqillik yillarida Toshkent viloyatiga birorta barakali hokim kelmadi (video)

    30.08.2017, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

    30.08.2017, 14:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    Dunyo | 10 avgust, 21:42

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 21:15

    “Tolibon” go‘zallik salonlarini ommaviy yopishni boshladi

    Afg'oniston | 10 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.