O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumat devoni matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
30-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida bo‘lajak tashrif muhokama qilingan. Telefon qo‘ng‘irog‘i o‘zbek tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.
Abdulla Aripov Sapar Isakovni hukumat rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda chegara masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.
Izoh (0)