2016-yil 15-dekabrdan buyon Toshkent viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgan Shukrullo Boboyev hududga bosh etib tayinlangan 12-hokim hisoblanadi. Viloyat o‘z hokimlarini almashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchilardan biri sanaladi — birgina 2016-yilning o‘zida hudud rahbari to‘rt marta o‘zgargan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashuvida ham Toshkent viloyatiga mustaqillik yillarida “barakali hokim, bir ega” topilmaganini alohida qayd etib o‘tgan edi.
Izoh (0)