AQSh aerokosmik agentligi Mars sayyorasining quruq muz bilan qoplangan shimoliy yarimsharidagi yuzasining suratlarini e’lon qildi. Bu haqda NASA saytiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Surat Yerdagi bahorga o‘xshash davrda olingan.
Bu vaqtda Mars sayyorasining shimoliy yarimsharida muzlar yoriladi, ular ostiga yashiringan qumlar esa yuzaga chiqadi. Bu kabi hodisa koinotdan qaraganda Yerdagi qum barxanlarini yodga soluvchi peyzajni hosil qiladi.
Izoh (0)