Yaponiyadagi dengiz ilm-fan va texnikasi markazi olimlari Mariana botig‘ida rekord darajadagi — 8178 metr chuqurlikda baliqlarni qayd etishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Afisha Daily.
Mariana botig‘iga olimlar Kairei zondini tushirdi, unga baliqlarni jalb qilish uchun skumbriya tanasi mahkamlab qo‘yilgan edi. 8178 metr chuqurlikda u dengiz shilliqqurtlari oilasiga oid baliqni tasvirga oldi.
Tadqiqotchilar tajribani davom ettirib, 8000 metrdan ortiq chuqurlikda qanday oziq-ovqat zanjirlari borligini va jonivorlarning joylashuv zichligi qanaqa ekanligini yaxshiroq tushunish maqsadida tahlil uchun namunalar yig‘moqchi.
Avvalgi rekord — 8152 metr ham yaponiyalik olimlar jamoasiga tegishli bo‘lgan. Uni 2017-yil aprelida o‘rnatishgan edi.
Izoh (0)