Bundan 40 yil oldin Yerdan NASA—Voyager-2 stansiyasi koinotga uchirilgan edi. Voyager-1 undan sal keyinroq, 5-sentabrda uchirilgan. Voyager’lar parvozi tarixdagi eng uzoq davom etgan ilmiy missiya hisoblanadi. Voyager-1 o‘zining parvozi davomida birinchi bor Uran va Neptun atrofini aylangan. Voyager-2 esa o‘z navbatida 2012-yilda Quyosh tizimidagi shartli chegaralardan biri — geliosferagacha borgan. “Kosmik aka-ukalar” Yupiter yo‘ldoshi Ioda ham faol vulqonlar borligini, Yevropada (Yupiter yo‘ldoshi) muz okeani mavjudligini birinchi bor aniqladi va Titanning zich atmosferasini o‘rgandi. Voyager’lar hamon Quyosh tizimining boshqa bir chetida ajoyib ma’lumotlarni yuborishni davom etmoqda. NASA’ning ma’lum qilishicha, Voyager’lar quvvati 2020-yilgacha yetadi. “Gazeta.ru” ushbu kosmik apparatlarning koinotdan turib yuborgan suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Mavzuga doir
×
Izoh (0)