Bekobod shahrida pilot loyiha sifatida “Bekobod namunasi” nomli bir necha nikoh to‘yi o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, Bekobod shahar FHDYo bo‘limida Umid Isoqjonov va Nazira Qambarova nikohi qayd etildi. Ularga oiladagi huquq va majburiyatlari, yosh avlod tarbiyasiga oid kitoblar tuhfa etildi. Ixcham tarzdagi to‘y marosimlari ko‘tarinki kayfiyat va fayz bilan o‘tganligi kuzatildi.
Adliya organlari xodimlari tomonidan bundan avval shaharda mahalla faollari, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi mas’ullari ishtirokida shahar aholisi bilan 25 dan ortiq uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, to‘y-hashamlar sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, to‘y marosimlarini rejalashtirayotgan fuqarolar bilan ham alohida suhbatlar uyushtirildi.
Izoh (0)