AQShning Texas shtatida vayronaliklar keltirib chiqargan “Xarvi” to‘foni mamlakat iqtisodiyotiga keltrgan zarar 100 milliard dollarga baholandi. Bu haqda, amerikalik sug‘urtachilarga tayanib, Bloomberg xabar bermoqda.
Ilk bor ushbu raqamni Imperial Capital banki sug‘urta tahlilchisi Devid Xeyvens keltirdi. Enki Research kompaniyasi eksperti Chak Uotsonning so‘zlariga qaraganda esa, umumiy zarar 30 milliard dollarni tashkil etadi.
Uotsonning hisob-kitoblari to‘g‘ri chiqsa, “Xarvi” bu boradagi AQSh tarixidagi yettinchi to‘fon bo‘ladi. Agar Xeyvensning so‘zlari to‘g‘ri bo‘lsa, u ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi. Faqatgina “Katrina” to‘foni mamlakatga ko‘proq — 120–160 milliard dollar zarar keltirgan.
Izoh (0)