Krasnoyarskda “Jemchujina” qariyalar uyidagi yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining o‘lkadagi boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi alanga qoplagan uydan evakuatsiya qilindi”, — aniqlik kiritdi boshqarma vakillari.
Taxminlarga ko‘ra, yong‘in xususiy pansionatga tutash imoratlardan birida chiqqan va pansionat ayvoni hamda binoning ikkinchi qavatiga o‘tgan.
Mintaqa favqulodda xizmatlaridagi manbalar qurbonlar soni 4 kishiga yetganini bildirdi.
Izoh (0)