Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In harbiylardan KXDR bilan qurolli mojaro yuz bergan taqdirda hujumga o‘tish rejasini ishlab chiqishni talab qildi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.
“Harbiy tizimlarimiz isloh etilishini qat’iy so‘rayman. Ular zamonaviy urush talablariga javob berishi kerak”, — ta’kidladi Mun Chje In mamlakatning yuqori martabali harbiy mansabdorlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Janubiy Koreya prezidentiga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari KXDR fitna qo‘zg‘agan, “haddidan oshgan” yoki Seulga tajovuz qilgan taqdirda tezda hujumga o‘tishga qodir bo‘lishi lozim.
Izoh (0)