Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanalidagi faoliyatini davom ettiradi, ammo boshlovchilik qilmaydi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
‘Yoshlar’ teleradiokanali prodyuseri sifatida hali hamon ish olib bormoqdaman. “Yoshlar qabulxonasi” teleko‘rsatuvi davom etadi, ammo boshlovchilikni davom ettira olmayman, lekin ko‘rsatuvga buning ta’siri bo‘lmaydi, boshlovchi o‘zgaradi, xolos.Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
Izoh (0)