“O‘zavtosanoat”ning sobiq rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” manbasi ma’lum qildi.
Bungacha “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga Valeriy Tyan rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2002-yil iyunida aviakompaniya bosh direktori etib tayinlangan edi.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning 23-avgustdagi farmoni bilan Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh (0)