O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixanov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 25-avgust kuni Bishkek shahrida Qor barsi va uning ekotizimini saqlab qolish bo‘yicha xalqaro forum ishida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2013-yilda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qor barsini saqlab qolish bo‘yicha birinchi Xalqaro forumni o‘tkazib, jamoatchilik va jahon hamjamiyati diqqatini ushbu mushuksimonlarning ekotizimini saqlab qolishga qaratgan edi.
Izoh (0)