Bronksda (Nyu-York, AQSh) beva ayol o‘zining ikki mushugiga 300 ming dollar meros qoldirdi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.
Shuningdek, u vasiyatida Troya va Tigr qafasda saqlanmasligi, ularni mehr bilan parvarishlash lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.
Bu borada ayniqsa Tigrning omadi chopdi: mushuk endi Florida shtatida, serquyosh Okalada yashamoqda. Tushlikka Fancy Feast markasiga mansub tilimlardan tayyorlangan bifshteks tortilmoqda, o‘zi esa momiq to‘shakda orom olmoqda.
“U bunga arziydi, — deydi marhuma Ellena Frey-Vautersning sobiq uy yordamchisi, endi esa Tigrning qarovchisi bo‘lgan Daliya Grizl. — U ajoyib mushuk”.
Izoh (0)