Despacito qo‘shig‘ining klipi taqdim etilganidan so‘ng ushbu klip suratga olingan Puerto-Rikoning poytaxti San-Xuan shahriga tashrif buyurishni xohlovchi sayohatchilarning so‘rovlari sezilarli o‘sdi. Bu haqda Airbnb kompaniyasining matbuot xabarnomasida qayd etilgan.
Joriy yilning yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davrda San-Xuanda turar joy band etgan sayyohlar soni 2016-yilning shu davriga nisbatan 73 foizga ko‘paygan.
Bundan tashqari, 2017-yilning shu davrida Puerto-Riko poytaxtida turar joyni Airbnb’ga ijaraga berishni taklif qiluvchilar soni 24 foizga oshgan.
Izoh (0)