Argentinalik talaba elfnikiga o‘xshagan qiyofaga erishish uchun plastik jarrohlikka 46 ming dollar sarfladi, deb yozadi Daily Mirror.
O‘z orzusiga yetishish uchun 26 yoshli Luis Padron rinoplastika, iyak liposaksiyasi, shuningdek, ko‘z rangini o‘zgartirish bo‘yicha operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Bundan tashqari, u maxsus bo‘yoqlar yordamida terisi va sochini oqartiradi. Bu protseduralar unga oyiga besh ming dollarga tushadi.
Avgust boshida Padron yana bir kosmetik operatsiyani o‘tkazdi. Endi u “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi elflar kabi, baland peshona va yuraksimon soch chizig‘iga ega bo‘ldi.
Yaqin kelajakda argentinalik qulog‘i shaklini o‘zgartirishni, bir nechta qovurg‘asini oldirib tashlashni, ko‘z bichimini o‘zgartirishni va qo‘l-oyoqlarini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)