22-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektining yana bir shakli – o‘rta korxonalar paydo bo‘lishi mumkin. Ularda besh yuz kishigacha ishchi faoliyat ko‘rsatishi taklif etilmoqda.
2. AQShga ko‘chib ketish istagidagi o‘zbekistonliklar soni 2016-yilga nisbatan ko‘paydi. Ko‘payganda ham ikki barobarga ko‘paydi. G‘arbiy Yevropa tarafdorlari esa kamaygan.
3. Toshkentning yana 7 ta bozorida bankomatlar o‘rnatildi. Masalan, “Mikrokreditbank” yil oxiriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab 15 ta bankomat o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
4. Andijonlik baxtli ona 4 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasan, Husan deya ism qo‘yilgan.
5. “Korzinka.uz” rahbari Zafar Hoshimov — o‘zbek tili, o‘zbek yozuvi va chet tillarga munosabat haqida. “G‘ayrat-shijoatimizni ona tilimizni haqiqiy rivojlanishi yo‘lida ijobiy va amaliy yo‘sinda ishlataylik”.
22-avgustdan 50 ming so‘mliklar muomalaga chiqarilgani munosabati bilan — 5 ming, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuralarning g‘aroyib tarixi.
Izoh (0)