“K-Inform” axborot agentligi Instagram’dagi sahifasida 19-avgust kuni Rossiyaning Surgut shahrida aholiga pichoq bilan hujum qilgan erkakning o‘ldirilishi aks etgan videoni joylashtirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kadrlarda bir politsiyachi boshqa bir erkakning orqasidan yugurib ketgani, o‘sha erkak yerga yiqilgani aks etgan.
https://www.instagram.com/p/BYAkkGElo23/?taken-by=kinform
19-avgust kuni Rossiyaning Surgut shahrida soxta xudkush kamarini taqib olgan erkak ko‘chada bir necha kishiga pichoq bilan hujum qildi, oqibatda politsiyachi tomonidan otib o‘ldirildi. Yetti kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Izoh (0)