Barselonada avtomobil uch nafar politsiyachini bosib ketdi. Biroq bu hodisa shahar markazida sodir bo‘lgan terakt bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi hozircha noma’lum. Bu haqda “elEconomista.es” nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Nashr haydovchi Diagonal shoh ko‘chasida odamlarni urib yuborganini ma’lum qildi. Ammo u shunchaki boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.
Kataloniya politsiyasining uch vakilining ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas.
Avvalroq Barselonaning turistik markazidagi Rambla ko‘chasida furgon bir necha kishini bosib ketgani ma’lum qilingandi. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Terakt ijrochisi ekanligi aytilayotgan Driss Ukabir ayni vaqtda qo‘lga olingan.
Izoh (0)