Daryo

Barselonada uyushtirilgan teraktda gumondor shaxs ushlandi

Ukabir Manlya shahrida ushlandi — qidirilayotgan furgonlardan biri o‘sha yerda topilgan edi

1 daqiqa o‘qish20 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ultima Hora

Barselonada uyushtirilgan teraktda asosiy gumondor bo‘lmish Driss Ukabir hibsga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Ultima Hora

La Vanguardia gazetasi, Ukabirdan tashqari, teraktga aloqador yana bir kishi qo‘lga olinganini bildirmoqda. Gap politsiya qurshovidan chiqib ketishga uringan odam haqida ketayotgani bildirilmoqda.

Ukabir Manlya shahrida ushlandi — qidirilayotgan furgonlardan biri o‘sha yerda topilgan edi.

Kataloniya politsiyasi bir kishi hibsga olinganini tasdiqladi, ammo uning ismini keltirmadi.

Muqaddam Driss Ukabirning surati Ispaniya matbuotida chop etilgan edi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar