Botir Zohidov O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hukumat portalida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti bu haqdagi farmonni 14-avgust kuni imzolagan.
Botir Zohidov bungacha Markaziy bankning Valyuta ayirboshlash operatsiyalari maxsus boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Avvalroq, 1-avgust kuni Markaziy bank raisi o‘rinbosarlaridan biri Saidkamol Xo‘jayev lavozimidan ozod etilgan, keyinroq “Agrobank” rahbari etib tayinlangan edi.
Izoh (0)