• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 22-avgustdan 50 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqariladi

    Davomi: 50 000 so‘mlik yangi kupyura ko‘rinishi — bitta rasmda

    O‘zbekiston Markaziy banki 22-avgustidan boshlab qiymati 50 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

    O‘zbekiston Markaziy bankining qiymati 50 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari 144 x 78 millimetr o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston gerbi va “50000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud.

    Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 millimetr bo‘lgan himoya ipi o‘tkazilgan.

    Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi “Ezgulik” arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan.

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Chap yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Ushbu matn “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘z birikmali takrorlanuvchi mikromatnli chiziq bilan ajratilgan.

    Mikromatnli chiziq ostida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni aks etgan.

    Matn ostida to‘q yashil rangdagi O‘zbekiston gerbi tasvirlangan.

    Banknot chap tarafining pastki qismida 50 000 raqami va “ELLIK MING SO‘M” yozuvi mavjud bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi.

    Yuqoridagi barcha tasvirlar va yozuvlar bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

    Markazda O‘zbekistonning hoshiyalangan xaritasi joylashgan bo‘lib, uning foni “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘z birikmali takrorlanuvchi mikromatn ko‘rinishida ishlangan.

    Chap taraf pastki qismidagi va oq rangli sathda joylashgan “50 000” raqamlari tepasida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

    Oq rangli sathning yuqori qismidagi maxsus belgi arka tasviri ko‘rinishida bo‘lib, yorug‘likka qaratilganda arkaning rangi banknot orqa tomonidagi rangli fon bilan to‘ldiriladi.

    Arkaning ostida banknot chiqarilgan yil “2017” ko‘rsatilgan.

    Oq rangli sathning pastki qismida ko‘rish burchagiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi “50 000” raqami mavjud.

    Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori qismida arka tasviri mavjud bo‘lib, yorug‘likda ko‘rilganda banknot old qismidagi tasvir bilan bir-birini to‘ldiradi.

    Banknotning markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me’moriy binosi tasvirlangan.

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Foto: O‘zbekiston Markaziy banki

    Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi “50 000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan (“ELLIK MING”) ko‘rsatilgan.

    Shuningdek, banknot qiymati “50 000” ko‘rinishida yuqori o‘ng va pastki chap burchaklarda aks etirilgan.

    Ostki fon nafis chiziqlar qo‘llanilgan holda ishlangan milliy naqshinkor bezaklar va bo‘rtib turgandek taasurot uyg‘otuvchi banknot qiymati ko‘rinishidagi raqamli tasvirlardan iborat.

    Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

    “Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart”, — deyiladi Markaziy bank axborotida.

    14.08.2017, 17:32   Izoh (0)   199421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi qurilish qilib bo‘lmaydigan yerda 10 ming tup olma ekildi

    14.08.2017, 16:58

    Polshada har yili 2,5 ming O‘zbekiston fuqarosi ish bilan ta’minlanadi 

    14.08.2017, 16:22

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qariyb 28 so‘mga oshdi

    14.08.2017, 15:44

    Toshkent bozorlarida bankomatlar ishga tushdi (foto)

    14.08.2017, 15:20

    Oqsilli muzqaymoq: sog‘lom ovqatlanish sohasida yangi yo‘nalish

    14.08.2017, 14:46

    Sergeli tumanida dugonasining uyiga mehmonga kelib o‘g‘rilik sodir etgan qiz qo‘lga olindi

    14.08.2017, 13:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskvadagi reydda 300 nafar migrant ushlandi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 16:00

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.