Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Hindistondagi serqatnov yo‘llardan birida yugurib ketayotgan karkidon videosi ommalashib ketgan edi.
Kuni kecha Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida shunga o‘xshash video e’lon qilindi. Farqi — Urganchda bo‘lgan, video qahramoni esa — tuya.
“Mana, Urganchda Dubay tuyasi! Yomon qildi-ku bu, ey!”, — deb vaziyatga munosabat bildirgan video muallifi. Muallif videoni avtomobilni boshqarib ketish vaqtida telefoniga olgan.
Foydalanuvchilar shu holatga ham e’tibor qaratgan. “Sal qolsa, Matiz haydovchisi oldidagi mashina bilan ‘o‘pishardi’”, — deb yozgan ulardan biri.
Izoh (0)