Germaniya Bundesligasining yangi mavsumi oldigan bugun — 5-avgust kuni Superkubok o‘yini o‘tkaziladi.
Unda mamlakatning amaldagi chempioni “Bavariya” Germaniya kubogi g‘olibi hisoblangan Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi saf tortadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da start oladi.
“Bavariya” Karlo Anchelotti bilan bir yil muqaddam Superkubokda g‘olib chiqqandi. Bu borada italiyalik murabbiy ketma-ket ikki Superkubokni qo‘lga kiritgan “Bavariya”ning ilk xorijlik ustoziga aylanib olishi mumkin. Dortmundliklarni esa Peter Bosh ilk bor rasmiy o‘yinga boshlab chiqadi. O‘tgan mavsum yakunida Tomas Tuxelga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yilgandi.
“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, bugun “Bavariya”ga asosiy tarkibning 7 futbolchisi yordam bera olmaydi: Noyer, Boateng, Alaba, Bernat, Alkantara, Xames va Robben. Qolaversa, uchrashuvning Dortmunddagi “Signal Iduna Park”da o‘tishi mezbonlar imkoniyatini biroz oshirib berishi mumkin.
Germaniya Superkubogi Dortmund, Germaniya 5-avgust, shanba
Izoh (0)