26—31-iyul kunlari Amerikaning National Geographic Traveler jurnali London ofisi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.
Tashrif chog‘ida National Geographic Traveler vakillari O‘zbekiston madaniyati, tarixiy-me’moriy va sayyohlik obidalari, shuningdek, taniqli rassom V. Useynovning ijodi haqida maxsus reportaj tayyorladi.
Toshkentda jurnalistlar o‘zbek rassomlarining ustaxonalarida, amaliy san’at muzeyida bo‘ldi, eski shahar va Chorsu bozoriga bordi.
Farg‘onada ular rassom V. Useynov bilan uchrashdi, Marg‘ilonga safar qildi va “Yodgorlik” fabrikasiga tashrif buyurdi, u yerda xonatlasni tayyorlash jarayoni suratga olindi.
Izoh (0)