AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning yaqinlari Massachusets shtatining sobiq gubernatori Deval Patrikni prezidentlikka tayyorlamoqda. Bu haqda, Politico nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
60 yoshli Patrik 2007-yili Massachusetsga rahbar etib saylangan birinchi afroamerikalik bo‘ldi. Ayni paytda u Bain Capital moliya firmasida ishlaydi.
Obama saylovoldi shtabi sobiq strategi Devid Akselrod bir necha marotaba Patrikka bu masalada murojaat etgani ma’lum.
Patrik 2020-yilgi prezident saylovida ishtirok etishi, uning kampaniyasi Ayova, Nyu-Xempshir va Shimoliy Karolinada yaxshi qabul qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)