AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Dayr az-Zor viloyatidagi bir necha tumanlarga bergan zarbalar oqibatida kamida 60 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
SANA agentligiga ko‘ra, zarbalar al-Kashma, ash-Shavit, ad-Davir va al-Ashara tumanlariga berilgan.
Boshqa tafsilotlar keltirilmadi.
Izoh (0)