Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagram’ida Quddusdagi Al-Aksa masjidi atrofidagi vaziyat normallashgani haqida gapirib berdi. Masjidga shaharning Falastin qismidan kirish Isroil hukumati tomonidan yopib qo‘yilgan edi, deb yozadi “RBK”.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uning yordamchisi Alambek Yasayev 30-iyul, yakshanba kuni Quddusda bo‘lib, ko‘plab videoyozuvlar olgan va masjidga kirish shartlari bilan tanishgan.
“Videoyozuvlar unga muhit to‘liq barqarorlashgani haqida berilgan ma’lumotni tasdiqlaydi. Al-Aksaga kirish va majmua hududida bo‘lish uchun cheklovlar yo‘q”, — deb yozdi Qodirov barcha musulmonlarni osoyishtalikni saqlashga chaqirib.
Iyul o‘rtasida falastinliklar ikki politsiyachini o‘ldirgach, Isroil hukumati Quddusning Ibodatxona tog‘idagi Al-Aksa masjidiga kirishni cheklab qo‘ygan edi. Bu dindorlar va huquq-tartibot organlari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelishiga olib keldi.
Izoh (0)