Nemanya Matich faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. “Mankunianlar” rasmiy sayti serbiyalik futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolangani haqida rasman ma’lum qildi.
Taxminlarga ko‘ra, Matich “Yunayted” uchun 40 million funt-sterlingga tushgan. Bu borada “Chelsi” ham, “Yunayted” ham aniq raqam ko‘rsatmagan. Futbolchi bilan uch yillik kelishuv keyinroq yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
28 yoshli futbolchi “Chelsi” bilan aloqalarini 2009-yilda bog‘lagan bo‘lib, asosan boshqa klubda ijara asosida o‘ynadi va 2014-yilga kelibgina Londonga qaytib keldi. O‘tgan vaqt davomida u “Chelsi”ning 154 ta o‘yinida ishtirok etib, 7 ta gol urishga erishdi.
Futbolchining qayd etishicha, “Yunayted”ning taklifi unga Joze Mourinyoning klubda ekanidan kelib chiqib mos kelgan. U o‘z vaqtida aynan Mourinyo istagi bilan “Chelsi”ga qaytib kelgandi.
Izoh (0)