Amerikalik respublikachi senator Jon Makkeyn o‘z Twitter’ida Rossiyaning AQSh elchixonasi ishchilari sonini qisqartirish talabiga izoh yozdi.
“Putin amerikalik diplomatlarni quvib chiqarayotganidan hayratda emasman, ammo u va uning yaqinlari bizning demokratiyamizga qilingan hujumning badalini to‘laydi”, — deya ta’kidladi Makkeyn.
AQSh kongressi o‘tgan hafta oxirida neft-gaz sohasidagi Rossiya kompaniyalari manfaatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi yangi sanksiyalar paketini ma’qullagan edi. Prezident Donald Tramp qonun loyihasini imzolaganicha yo‘q, ammo buni tez orada amalga oshirish niyatida.
Bunga javoban, Rossiya Amerika elchixonasi xodimlarining “Serebryaniy Bor”dagi dala hovliga va Moskva janubidagi omborlarga borishini taqiqladi, shuningdek, diplomatik missiyada faoliyat yuritayotgan 755 kishini ishdan bo‘shatishni talab qildi.
Not surprising Putin throws out US diplomats, but he & his cronies will still pay price for attacking our democracy https://t.co/HfKsZwaq7K
— John McCain (@SenJohnMcCain) July 31, 2017
Izoh (0)